Erkin Vohidov she'rlari APK

Version 6 - com.erkin.vohidov
erkin,vohidov,books,reference,she'rlari

Sevimli shoirimizning go'zal she'r g'azal muxammas va qasidalari bilan tanishing

Erkin Vohidov she'rlari apk

APP Information

Download Version 6 (6)
Apk Size7.05 MB
App DeveloperWEBSPEKTR
Malware CheckTRUSTED
Install on Android4.1.x and up
App Packagecom.erkin.vohidov.apk
MD53b93881b83937303bee80943c1689b95
Rate5
Website http://webspektr.uz

Download Erkin Vohidov she'rlari 6 APK

App Description

Erkin Vohidov she'rlari is erkin,vohidov,books,reference,she'rlari, content rating is Everyone (PEGI-3). This app is rated 5 by 1 users who are using this app. To know more about the company/developer, visit WEBSPEKTR website who developed it. com.erkin.vohidov.apk apps can be downloaded and installed on Android 4.1.x and higher Android devices. The Latest Version of 6 Available for download. Download the app using your favorite browser and click Install to install the application. Please note that we provide both basic and pure APK files and faster download speeds than APK Mirror. This app APK has been downloaded 94+ times on store. You can also download com.erkin.vohidov APK and run it with the popular Android Emulators.

Zamonaviy o‘zbek milliy adabiyoti va she'riyatining yorqin namoyondalaridan biri Erkin Vohidov ijodida g‘azal, qasida, muxammas kabi janrlar shakllanib boradi. U mumtoz adabiyotning bu sohadagi tajribalarini boyitish, mukammallashtirishga intiladi.
Erkin Vohidov badiiy mahorati o‘sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkordir.U O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramonidir. 
Erkin Vohidov birgina "O'zbegim" qasidasi orqali o'ziga haykal qo'yib ketdi deyish mumkin. 
Butun o'zbek xalqi tarixi va qadriyatlarini mohirona ko'rsata olgan ushbu asar hali ko'p yillar odamlar tilidan tushmasligi aniq. 

Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.

O’tdilar sho‘rlik boshingdan
O’ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.

Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingizu Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingta tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o‘zbegim.

Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda okdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.

Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O’z elida chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.

Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‘zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.

O’zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O’zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

Qayga bormay boshda do‘ppim,
G’oz yurarman, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O’zbekiston, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim, jon o‘zbegim.

Ushbu ilovada shoirning xalqimiz qalbidan chuqur joy egallagan she'rlari, g'azallari bilan tanishishingiz mumkin.
 

App ChangeLog

  • Илова оффлайн режимга ўтказилди. Энди интернетга уланиш керак эмас.

App Screens

Erkin Vohidov she'rlari App Screen 1Erkin Vohidov she'rlari App Screen 2Erkin Vohidov she'rlari App Screen 3Erkin Vohidov she'rlari App Screen 4Erkin Vohidov she'rlari App Screen 5Erkin Vohidov she'rlari App Screen 6Erkin Vohidov she'rlari App Screen 7Erkin Vohidov she'rlari App Screen 8Erkin Vohidov she'rlari App Screen 9Erkin Vohidov she'rlari App Screen 10Erkin Vohidov she'rlari App Screen 11Erkin Vohidov she'rlari App Screen 12Erkin Vohidov she'rlari App Screen 13Erkin Vohidov she'rlari App Screen 14

Older Versions

More Android Apps to Consider

Google Play Reviews

  1. Doniyor Tulamatov-avatar

    Doniyor Tulamatov

    Zorakan

  2. Shahriyor Ashirmamatov-avatar

    Shahriyor Ashirmamatov

    oliy janob inson😊

  3. -avatar

  4. -avatar

  5. -avatar

  6. -avatar

  7. -avatar

  8. -avatar

  9. -avatar

  10. -avatar